About Us

About Us

Prezident iqtidorli farzandlari

Milliy Dastur haqida

"Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturi bu iqtidorli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, ularni zamonaviy iqtisodiyot va xalqaro ta'lim talablariga mos bilim va ko'nikmalar bilan ta'minlashga qaratilgan maxsus ta'lim dasturidir.

Bizning maqsadimiz

Iqtidorli o'quvchilarni aniqlash va qo'llab-quvvatlash
Xalqaro ta'lim va imtihonlarga tayyorlash
Jarayonlarni yagona tizimda boshqarish
Tayyorgarlikni muntazam nazorat qilish

Asosiy ta'lim yo'nalishlari

Buxgalteriya hisobi

Buxgalteriya hisobi

O'quvchilar moliyaviy savodxonlikni egallaydi, hisoblarni o'qish va tahlil qilishni o'rganadi, raqamlar asosida fikr yuritib, asosli qaror qabul qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Biznes asoslari

Biznes asoslari

Dastur bozor iqtisodiyoti va biznes jarayonlari bilan tanishtiradi, boshqaruv va tadbirkorlikka doir asosiy tushunchalarni shakllantiradi hamda amaliy masalalarni hal qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyatini kuchaytiradi.

Zamonaviy yondashuv

Zamonaviy yondashuv

Yo'nalish o'quvchilarda keng dunyoqarash va mustaqil o'rganish madaniyatini rivojlantiradi, dalillarga asoslangan fikr bildirishga o'rgatadi va o'z nuqtayi nazarini ishonch bilan himoya qilishga yordam beradi.

Ustozlarimiz

Dasturda yuqori malakali mahalliy va xorijiy pedagoglar dars o'tadilar. Ularning xalqaro tajribasi va zamonaviy metodikalari o'quvchilarning global ta'lim va mehnat bozoriga tayyorlanishiga xizmat qiladi.

Ustoz
Lessons preview
Elektron platforma

Elektron platforma

Milliy dastur uchun maxsus elektron platforma yo'lga qo'yilgan bo'lib, u orqali:

  • Ishtirokchilarning o'quv natijalari va faolligi kuzatib boriladi
  • Tayyorgarlik darajasi tahlil qilinadi
  • Darslar, tadbirlar va testlar yagona tizimda boshqariladi
  • Xorijiy oliy ta'lim muassasalari imtihonlariga tayyorgarlik jarayoni rejalashtiriladi

"Prezident Iqtidorli Farzandlari" Milliy dasturi

"Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturi bu iqtidorli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, ularni zamonaviy iqtisodiyot va xalqaro ta'lim talablariga mos bilim va ko'nikmalar bilan ta'minlashga qaratilgan maxsus ta'lim dasturidir.

Kirish
Platform mobile preview