"Prezident Iqtidorli Farzandlari" Milliy dasturi

Muhandislik, IT, gumanitar fanlar va menejment sohalarida turli dasturlarni taklif etib, biz kelajak yetakchilari va innovatorlarini shakllantiramiz.

Dastur maqsadlari

ASOSIY MAQSADLAR

Dastur iqtidorli yoshlar salohiyatini to'liq ochish, ularni qo'llab-quvvatlash va global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar safini kengaytirishga qaratilgan.

01

Iqtidorli yoshlarni aniqlash

iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash orqali mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish;

02

Global mehnat bozoriga mos kadrlar

yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lgan mutaxassislar tayyorlash hamda mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratish;

03

Yagona platforma va hamkorlik

iqtidorli yoshlarni yagona platformaga birlashtirish orqali ularning o'zaro hamkorligi, tajriba almashinuvi va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun samarali muhit yaratish.

MAQSAD: DUNYONING ENG NUFUZLIUNIVERSITETLARI

Milliy Dastur iqtidorli o'quvchilarga dunyoning eng yetakchi universitetlariga kirish imkoniyatini yaratadi.

Platforma orqali o'quvchilar SAT va IELTS imtihonlariga yuqori darajada tayyorlanib, xalqaro miqyosda raqobatlasha oladigan darajaga yetishadi.

Asosiy maqsad: O'zbekistonning iqtidorli yoshlariga bepul, zamonaviy va sifatli tayyorgarlik platformasi orqali top universitetlarga kirish imkonini yaratish.

Milliy Dastur

Milliy Dastur motivatsiyaga ega va iqtidorli talabalarning yangi avlodini rivojlantirishga qaratilgan.

Milliy dastur graduation
0
Jami talabalar
0
Maslahatchilar
0
Ro‘yxatdan o‘tilgan kurslar
0
Topshirilgan testlar

"Prezident Iqtidorli Farzandlari" Milliy dasturi

"Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturi bu iqtidorli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, ularni zamonaviy iqtisodiyot va xalqaro ta'lim talablariga mos bilim va ko'nikmalar bilan ta'minlashga qaratilgan maxsus ta'lim dasturidir.

Kirish
Platformaning mobil ko‘rinishi