Admission

Admission

Prezident iqtidorli farzandlari

"Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturiga qabul

9-sinf iqtidorli o'quvchilari uchun xalqaro standartlar asosida ta'lim olish, dunyoning nufuzli oliygohlariga tayyorlov va keng imkoniyatlar.

Ariza topshirish

Hujjatlar ariza.piima.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) 2025-yilning 3-31-iyul kunlari amalga oshiriladi.

Asosiy ta'lim yo'nalishlari

Huquqiy asos

Huquqiy asos

Dastur O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoni va 2025-yil 3-iyuldagi 225-son buyruq asosida amalga oshiriladi.

Kimlar qatnashishi mumkin?

Kimlar qatnashishi mumkin?

Dasturda joriy o'quv yilining 9-sinf bitiruvchilari qatnashadi. Nomzodning 9-sinfda o'qishi maxsus platforma orqali avtomatik tekshiriladi.

Qabul yakuni

Qabul yakuni

Hujjatlar ariza.piima.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) 3-31-iyul kunlari yakunlandi.

Qabul statistikasi

2025-yilda Milliy dasturga 27789 ta ariza qabul qilindi.

Hududlar bo'yicha taqsimot:
Xorazm viloyati

Imtihon formati

Fanlar va testlar

Huquqiy asos

Dastur O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-86-son Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2025-yil 3-iyuldagi 225-son buyrug'i asosida amalga oshiriladi.

Murakkablik darajalari

Test darajalari

Har bir fan topshiriqlari uch toifaga bo'linadi:
A – yengil, B – o'rtacha, C – murakkab.
Jami 8 ta A, 4 ta B va 8 ta C tipidagi savollar.

Vaqt va baholash

Imtihon jarayoni va ko'rsatkichi

Imtihon uchun 130 daqiqa ajratilib, 80 ballik shkala asosida baholanadi.

Qo'shimcha ballar

Olimpiada yutuqlari

Oxirgi ikki o'quv yilida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan xalqaro va asosiy olimpiadalarida g'olib va sovrindor bo'lgan nomzodlarga quyidagi tartibda qo'shimcha ballar taqdim etiladi:

20BALL

Nufuzli xalqaro

15BALL

Xalqaro / Mintaqaviy

10BALL

Hududiy bosqich

5BALL

Tuman / Shahar

Ijtimoiy himoya

Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oila farzandi bo'lgan nomzodga qo'shimcha 10 ball beriladi.

+10BALL

"Prezident Iqtidorli Farzandlari" Milliy dasturi

"Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturi bu iqtidorli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, ularni zamonaviy iqtisodiyot va xalqaro ta'lim talablariga mos bilim va ko'nikmalar bilan ta'minlashga qaratilgan maxsus ta'lim dasturidir.

Kirish
Platform mobile preview